
mazkur maqolada bo‘lajak o‘qituvchilarda estetik qadriyatlarni rivojlantirishda raqamli texnologiyalarning o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Raqamli ta’lim vositalari, multimedia texnologiyalari, virtual ta’lim muhiti va elektron resurslarning talabalarning estetik dunyoqarashi, badiiy didi hamda ijodiy salohiyatini shakllantirishdagi imkoniyatlari yoritilgan. Shuningdek, estetik tarbiyani tashkil etishda zamonaviy pedagogik yondashuvlar va innovatsion texnologiyalardan foydalanish masalalari ko‘rib chiqilgan.
