
Tadqiqotda investitsiya muhiti faqat kapital oqimlari hajmi bilan emas, balki investor huquqlarining kafolatlanishi, davlat xizmatlarining shaffofligi, infratuzilma sifati, makroiqtisodiy barqarorlik, kapital bozori chuqurligi va hududiy investitsion jozibadorlik bilan belgilanadigan kompleks iqtisodiy tizim sifatida talqin etiladi. 2021- 2025-yillar investitsiya dinamikasi, 2025-yilda asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar hajmining 591,1 trln so‘mga yetgani, markazlashmagan investitsiyalar ulushining yuqoriligi va xorijiy kapitalning tarmoq tarkibidagi o‘rni asosida investitsiya muhitining kuchli va zaif tomonlari aniqlanadi. Maqolada investitsiya siyosatini miqdoriy ko‘rsatkichlar ortidan quvishdan sifatli kapital, texnologiya transferi, xususiy sektor faolligi va hududiy muvozanatga yo‘naltirish zarurligi asoslab beriladi.
