
Ushbu maqolada XX asrning birinchi yarmida Sharqiy Turkiston o‘zbek adabiy muhitida ijod qilgan Aziziddin Muhammad Qamariddin o‘g‘li Vasliy she’riyatidagi poetik leksika xususiyatlari haqida so‘z yuritiladi. “Shinjon o‘zbek shoirlari” to‘plamidagi lirik she’rlar tasnifi shundan dalolat beradiki, Vasliy o‘zbek mumtoz she’riyatida Navoiy, Furqat, Huvaydo Muqimiy kabi shoirlarning ijodiy an’anasiga xos mavzularni qalamga olgan, uslub jihatdan ijodiy ergashgan. Vasliy ijodiga oid “Qoldimu” radifli g‘azal lingvopoetikaning bugungi taraqqiyot natijalari asosida tadqiq etiladi, metafora, epitet, o‘xshatish va poetik sintaksis birliklarining semantik va funksional jihatlari yoritiladi. Bu kabi tadqiqotlar orqali o‘sha davr Sharqiy Turkistondagi uyg‘ur va o‘zbek shoirlarining ijodiy hamkorligi, mumtoz an’analarga munosabati haqida tushuncha hosil bo‘ladi.
