
Mazkur maqolada ingliz tili ta’limida innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanishning nazariy va amaliy asoslari yoritiladi. Unda zamonaviy ta’lim texnologiyalari, raqamli platformalar, sun’iy intellekt vositalari, interaktiv metodlar va multimedia resurslarning o‘quv jarayoniga ta’siri tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, innovatsion pedagogik texnologiyalar o‘quvchilarning til o‘rganish samaradorligini oshiradi, dars jarayonini qiziqarli qiladi va kommunikativ kompetensiyani rivojlantiradi.
