
Annotatsiya: ushbu maqolada manzara rangtasvirini o‘qitishning nazariy va amaliy asoslari yoritilgan. Unda plener mashg‘ulotlari, rangshunoslik qonuniyatlari hamda tabiat obrazini yaratishda kuzatuvchanlik va kompozitsion tafakkurning ahamiyati tahlil qilingan. Maqolada alla prima, mastixin va lessirovka kabi rangtasvir texnikalarining talabalarda ijodiy kompetensiyani rivojlantirishdagi o‘rni ko‘rsatib berilgan. Shuningdek, zamonaviy pedagogik texnologiyalar va mustaqil ijodiy izlanishlar bo‘lajak rassom-pedagoglarning kasbiy mahoratini shakllantirishda muhim omil ekanligi asoslangan.
