
Zamonaviy axborot-ta’lim tizimlarida o‘quvchilar o‘rtasidagi bilim darajasi, o‘zlashtirish tezligi va kognitiv xususiyatlar o‘rtasidagi farqlanish tobora kuchayib bormoqda. Shunga qaramasdan, bugungi kunda keng tarqalgan ta’lim platformalarining aksariyati barcha foydalanuvchilar uchun bir xil ketma-ketlikda qurilgan o‘quv dasturlarini taqdim etadi. Ushbu tezisda bilimlar bazasiga integratsiya qilingan holda talabaning individual o‘quv trayektoriyasini real vaqt rejimida shakllantiruvchi adaptiv model taklif etiladi. Modelning asosini Bilimlarni Bayes modeli asosida monitoring qilish (BKT) va Qarorlar daraxti (Decision Tree) algoritmlarining uyg‘unlashuvi tashkil etadi. Shuningdek, talabaning joriy bilim holati, test natijalari va platforma doirasidagi harakatlarini dinamik tahlil qilib, uzluksiz o‘quv jarayonini ta’minlovchi “AI Tutor” modulining mantiqiy arxitekturasi bayon etiladi.
