
Ushbu maqolada zamonaviy oʻzbek she'riyatining yorqin vakili Guljamol Asqarova ijodida sheva elementlarining qoʻllanilishi va ularning badiiy matndagi lingvopoetik vazifalari tadqiq etiladi. Tadqiqot obyekti sifatida shoiraning "Uyg'otguchi alla", "Turnalar yoʻli" va "Dil fasli" toʻplamlari tanlab olingan. Maqolada shevaga xos soʻz va iboralarning lirik qahramon ruhiyatini ochish, asarning emotsional-ekspressiv boʻyog'ini kuchaytirish hamda milliy lisoniy manzara yaratishdagi oʻrni tahlil qilingan. Lingvopoetik va lingvokulturologik tahlillar asosida shoira tomonidan dialektizmlarning badiiy transformatsiyaga uchratilishi va ularning adabiy til imkoniyatlarini kengaytirishga qoʻshgan hissasi yoritib berilgan.
