
Ushbu maqolada raqamli iqtisodiyot sharoitida ish haqi hisobini optimallashtirishning nazariy va amaliy jihatlari tahlil qilinadi. Elektron hisob-kitob tizimlari, avtomatlashtirilgan moliyaviy platformalar va raqamli audit vositalari ish haqi hisobini tezkor, aniq va samarali qilish imkoniyatlari o'rganiladi. Shuningdek, ish haqi hisobini optimallashtirishning samaradorlik va xatoliklarni kamaytirishga ta'siri ko'rsatib beriladi.
