
Mazkur tezisda yakka tartibdagi tadbirkorlikni soliqqa tortish tartibi va bugungi kunda ushbu tartibga kiritilgan muhim jihatlar yoritilgan. O'zbekistonda yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati muhim o'rin egallab, uning rivojlanishi iqtisodiy tizimning barqarorligiga xizmat qilmoqda. Ushbu tezisning maqsadi O'zbekistonda yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish va uni qo'llab-quvvatlash mexanizmlarini tahlil qilishdan iborat. Tadqiqot natijasida ushbu sohada amalga oshirilgan islohotlar va me'yoriy-huquqiy hujjatlar o'rganildi.
