
Mazkur maqolada transport oqimlarini modellashtirishning zamonaviy usullari, xususan makroskopik, mikroskopik va mezoskopik modellar tahlil qilingan. Har bir modelning ishlash prinsipi, afzalliklari va kamchiliklari yoritilib, ularning transport tizimlarini boshqarishdagi ahamiyati ko‘rsatib berilgan. Shuningdek, sun’iy intellekt, GPS monitoring va katta ma’lumotlar texnologiyalarining transport oqimlarini prognozlashdagi o‘rni tahlil etilgan.
