
Mazkur maqolada boshlang'ich sinf matematika darslarida amaliy mashg'ulotlar, didaktik o'yinlar va zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanishning nazariy-metodik asoslari yoritilgan. O'quvchilarda matematik kompetensiyalarni shakllantirish, mantiqiy tafakkurni rivojlantirish hamda matematika faniga qiziqishni oshirishda amaliy faoliyat va o'yin texnologiyalarining o'rni tahlil qilingan. Shuningdek, interfaol metodlar asosida tashkil etilgan darslarning samaradorligi hamda matematik bilimlarni kundalik hayot bilan bog'lash imkoniyatlari ochib berilgan.
