
Mazkur maqolada oʻzbek tilidagi inson harakteri bilan bogʻliq oʻxshatishlar semantik jihatdan tahlil qilinadi. Oʻxshatish – tilning eng faol tasviriy vositalaridan biri sifatida insonning ruhiy holati, fe'l-atvor xususiyatlari, xarakter belgilari va ijtimoiy munosabatlarini ifodalashda muhim oʻrin tutadi. Tadqiqotda inson harakteri va xulq-atvorini tavsiflovchi oʻxshatishlar leksik-semantik, kognitiv va lingvomadaniy nuqtayi nazardan koʻrib chiqiladi. Ijobiy va salbiy xarakter belgilarini ifodalovchi etalon tizimi, zoosimvolik, tabiat hodisalari va ijtimoiy-madaniy hayotdan kelib chiqqan oʻxshatish modellari misollar asosida yoritiladi. Tadqiqot natijalari oʻzbek tilida inson harakatini tasvirlashda oʻxshatishning semantik imkoniyatlari benihoya keng va milliy-madaniy asosga egaligini koʻrsatadi.
