
Mazkur maqolada O'zbekiston soliq tizimi va uning mamlakat iqtisodiy rivojlanishidagi ahamiyati tahlil qilinadi. Tadqiqotda soliqlarning davlat budjeti daromadlarini shakllantirish, tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash, iqtisodiy jarayonlarni tartibga solish hamda ijtimoiy himoyani mustahkamlashdagi o'rni yoritilgan. Shuningdek, so'nggi yillarda amalga oshirilayotgan soliq islohotlari, soliqqa tortish tizimini soddalashtirish va raqamli texnologiyalarni joriy etish masalalari ko'rib chiqilgan. Maqolada soliq tizimidagi mavjud muammolar hamda uning samaradorligini oshirish bo'yicha takliflar berilgan.
