
Ushbu maqolada Qorako‘l qo‘ylarining genotipi jun tolalarining sifat ko‘rsatkichlari asosida baholangan. Tadqiqotda tolalar diametri, uzunligi, mustahkamligi, elastikligi va jingalakligi kabi asosiy fenotipik belgilar o‘rganildi hamda ularning genetik asoslari tahlil qilindi. Natijalar jun sifat ko‘rsatkichlari o‘rtasida muhim korrelyatsion bog‘liqlik mavjudligini ko‘rsatdi. Ayniqsa, tolalar diametri va bir xilligi seleksiya uchun asosiy mezon sifatida ajralib chiqdi. Shuningdek, genetik va tashqi muhit omillarining jun sifatiga ta’siri baholandi. Tadqiqot natijalari Qorako‘l qo‘ylarida yuqori sifatli jun beruvchi genotiplarni aniqlash va seleksiya jarayonini takomillashtirish imkonini beradi.
