
Ushbu maqolaning asosiy maqsadi lokal kompyuter tarmoqlarida yuzaga keladigan Denial-of-Service attack (DoS) va DDoS hujumlarini erta bosqichda aniqlash usullarini o‘rganishdan iborat. Ishda tarmoq trafigidagi o‘zgarishlarni tahlil qilish orqali anomaliyalarni aniqlashga asoslangan algoritm ishlab chiqish ko‘zda tutilgan. Shuningdek, paketlar oqimi va trafik intensivligi asosida hujumlarni aniqlash mexanizmi taklif etiladi. Maqolada ishlab chiqilgan algoritmning amaliy jihatdan qo‘llanilishi va samaradorligi ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalari tarmoq xavfsizligini oshirish hamda xizmat uzilishlarini oldini olishga xizmat qiladi.
