
Maqolada texnologiya fanini o‘qitishda integrativ yondashuvning nazariy mazmuni, pedagogik zarurativa kompetensiyaviy ta’lim sharoitidagi metodik qiymati tahlil qilinadi. Texnologik bilimni faqat mehnat amaliyoti bilancheklash o‘quvchining loyihalash, materialni tanlash, texnologik jarayonni rejalashtirish, xavfsizlik talablarini anglash vayakuniy mahsulot sifatini baholash imkoniyatlarini toraytirishi asoslanadi. Integratsiya matematika, fizika, informatika,chizmachilik, ekologik madaniyat va iqtisodiy savodxonlikni texnologik vazifa tarkibida birlashtiruvchi pedagogik mexanizmsifatida talqin qilinadi.
