
Mazkur maqolada dual ta’lim sharoitida oliy ta’lim muassasalari hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlario‘rtasidagi hamkorlikning pedagogik mazmuni, tashkiliy asoslari va amaliy ahamiyati yoritiladi. Dual ta’lim bo‘lajak tarbiyachilarningnazariy bilimlarini real kasbiy faoliyat bilan uzviy bog‘lash, ularning amaliy ko‘nikma va kompetensiyalarinirivojlantirishda samarali model sifatida tahlil qilinadi. Maqolada oliy ta’lim muassasalari va maktabgacha ta’lim tashkilotlarihamkorligining asosiy yo‘nalishlari, jumladan, amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish, mentorlik faoliyati, pedagogik kuzatuv,kasbiy moslashuv hamda ta’lim sifati monitoringi masalalariga alohida e’tibor qaratiladi. Shuningdek, dual ta’lim jarayonidahamkorlik mazmuni nafaqat o‘quv-amaliy faoliyatni tashkil etish, balki bo‘lajak mutaxassisning kasbiy madaniyati,kommunikativ kompetensiyasi va ijodiy yondashuvini shakllantirish bilan ham bog‘liqligi asoslab beriladi.
