
Ushbu maqolada piroliz moyi tarkibidan naftalin gomologlarini ajratib olish jarayonlari kompleks o'rganilgan. Piroliz moyining kimyoviy tarkibi zamonaviy xromatografik usullar yordamida tahlil qilinib, komponentlarni ajratishning optimal texnologik sharoitlari aniqlangan. Naftalin karbon kislotasini sintez qilish maqsadida naftalin gomologlarining oksidlanish jarayonlari tadqiq etilgan va ushbu jarayonlarning kinetik qonuniyatlari aniqlangan.
