
Ushbu maqolada ishonchsiz bulutli muhitda ma’lumotlar maxfiyligini saqlash muammosi va uni hal etishda To‘liq Gomomorfik Shifrlash (FHE) texnologiyasining qo‘llanilishi tadqiq qilingan. Paillier, BFV va CKKS kriptografik sxemalarining matematik asoslari hamda unumdorlikka ta’siri qiyosiy tahlil qilindi. Shuningdek, LWE va panjara nazariyasiga asoslangan algoritmlarning kvant kompyuterlariga chidamliligi ko‘rib chiqildi. Natijalar FHE yuqori xavfsizlikni ta’minlashini, biroq hisoblash xarajatlarini sezilarli oshirishini ko‘rsatdi.
