
Ushbu maqolada O'zbekiston Respublikasida jismoniy va yuridik shaxslarning davlat organlariga murojaatlarini ko'rib chiqishda ma'muriy tartib-taomillarning huquqiy asoslari, amaliy ahamiyati va rivojlanish tendensiyalari tahlil etiladi. Tadqiqotda 2018-yilgi "Ma'muriy tartib-taomillar to'g'risida"gi O'RQ-457-son Qonuni va "Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risida"gi qonunchilik normalari, lex.uz rasmiy ma'lumotlar bazasi, davlat organlari hisobotlari va statistik ko'rsatkichlar asosida murojaatlarni ko'rib chiqish samaradorligi baholangan. Maqolada ma'muriy tartib-taomillarning huquq-tartibotni mustahkamlashdagi, korrupsiyaga qarshi kurashishdagi va fuqarolik jamiyatini rivojlantirishdagi o'rni ilmiy dalillar orqali isbotlangan.
