
Mazkur maqolada Avstraliya ingliz tilining leksik xususiyatlari va ularning kelib chiqish manbalari kompleks tarzda tahlil qilinadi. Tadqiqotda Avstraliya ingliz tili leksikasining tarixiy shakllanish jarayoni, Britaniya ingliz tili asoslari, aborigen tillarining ta'siri hamda ijtimoiy-madaniy omillarning roli yoritilgan. Shuningdek, australizmlar, qisqartmalar, so'zlashuv va sleng leksikasining o'ziga xos jihatlari misollar orqali izohlanadi. Aborigen tillaridan o'zlashgan leksik birliklarning lingvomadaniy ahamiyati alohida ta'kidlanib, ularning Avstraliya ingliz tilining milliy variant sifatida shakllanishidagi o'rni asoslab beriladi. Maqola ingliz tilining hududiy variantlarini o'rganishda muhim ilmiy manba bo'lib xizmat qiladi.
