
Bugungi kunda raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi ta’lim tizimida tub o‘zgarishlarni yuzaga keltirmoqda. Ta’lim jarayonining raqamlashtirilishi pedagog faoliyatining mazmuni, shakli va metodlariga yangi talablarni qo‘ymoqda. Shu sababli pedagog kadrlarni raqamli ta’lim muhitida samarali faoliyat yuritishga tayyorlash zamonaviy pedagogikaning ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi.
