
Mazkur maqolada raqamli iqtisodiyot sharoitida soliq nazoratini takomillashtirishning zamonaviy mexanizmlari Paynet Xolis platformasi misolida tahlil qilingan, xususan, platformaning fiskal nazoratni avtomatlashtirish, elektron to‘lovlarni fiskallashtirish, moliyaviy operatsiyalar ustidan real vaqt rejimida monitoring olib borish hamda yashirin iqtisodiyotni qisqartirishdagi ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, raqamli soliq nazoratining institutsional samaradorligini oshirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
