
Ushbu tezisda Qashqadaryo viloyatida chakana savdo tizimini raqamlashtirishning zamonaviy tendensiyalari va mavjud muammolari tahlil qilingan. Tadqiqotda chakana savdo korxonalarida elektron tijorat, raqamli to'lov tizimlari, onlayn savdo platformalari hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish holati o'rganilgan. Shuningdek, savdo jarayonlarini avtomatlashtirish, iste'molchilarga xizmat ko'rsatish sifatini oshirish va biznes jarayonlarining samaradorligini ta'minlashdagi raqamlashtirishning ahamiyati yoritilgan. Tadqiqot davomida hududda raqamli infratuzilmaning yetarli darajada rivojlanmagani, malakali kadrlar taqchilligi hamda zamonaviy texnologiyalarni joriy etish bilan bog'liq ayrim muammolar aniqlangan. Mazkur muammolarni bartaraf etish va chakana savdo tizimining raqamli transformatsiyasini jadallashtirish bo'yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
