
Maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ekologik savodxonligini rivojlantirishda raqamli interaktiv vositalarning pedagogik imkoniyatlari tadqiq etilgan. Tadqiqotning maqsadi — raqamli interaktiv vositalarning turlarini ajratish, ularning ekologik savodxonlik tarkibiy qismlari bilan moslik darajasini tahlil qilish hamda boshlang‘ich ta’limga joriy etish shartlarini asoslashdan iborat. Ishda nazariy tahlil, qiyosiypedagogik tahlil, content-tahlil va o‘qituvchilar o‘rtasida o‘tkazilgan ekspert so‘rovi metodlari qo‘llanildi. Tadqiqot natijasida raqamli interaktiv vositalarning beshta asosiy turi — geymifikatsion ilovalar, virtual va kengaytirilgan reallik, raqamli hikoya vositalari, fuqaroviy fan (citizen science) ilovalari hamda interaktiv simulyatorlar — ajratilgan va ularning ekologik savodxonlik komponentlari (bilim, ko‘nikma, qadriyat va xulq-atvor) bilan moslik matritsasi tuzilgan. Olingan natijalar raqamli interaktiv vositalarni tizimli qo‘llash boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ekologik bilimlari, atrof-muhitga nisbatan qadriyatli munosabati va ekologik mas’uliyatli xulq-atvorini sezilarli darajada rivojlantirishini tasdiqlaydi.
| selected citations These citations are derived from selected sources. This is an alternative to the "Influence" indicator, which also reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | 0 | |
| popularity This indicator reflects the "current" impact/attention (the "hype") of an article in the research community at large, based on the underlying citation network. | Average | |
| influence This indicator reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | Average | |
| impulse This indicator reflects the initial momentum of an article directly after its publication, based on the underlying citation network. | Average |
