
Ushbu maqolada raqamli iqtisodiyotning shakllanishi, rivojlanish bosqichlari va uning milliy iqtisodiyotga ta’siri O‘zbekiston misolida tahlil qilingan. Tadqiqot davomida 2018–2023 yillar oralig‘ida O‘zbekiston va ayrim rivojlangan davlatlar (AQSh, Xitoy, Germaniya)da raqamli iqtisodiyotning YaIMdagi ulushi solishtirildi. Shuningdek, O‘zbekistonda IT sohasida ish o‘rinlari, eksport hajmi va internet foydalanuvchilari sonining ortishi bo‘yicha statistik ma’lumotlar tahlil qilindi. Tadqiqot natijalari O‘zbekistonda raqamli iqtisodiyot izchil rivojlanayotganini, ammo ayrim infratuzilmaviy va institutsional muammolar mavjudligini ko‘rsatdi. Raqamli iqtisodiyotni yanada rivojlantirish uchun zarur strategik yo‘nalishlar ham taklif etilgan.
