
Mazkur maqolada yurak-qon tomir kasalliklarining so‘nggi yillarda yoshlar orasida ortib borish sabablari tahlil qilinadi. Zamonaviy turmush tarzi, noto‘g‘ri ovqatlanish, jismoniy faollikning kamayishi, stress, zararli odatlar hamda ekologik omillarning yurak faoliyatiga ta’siri ilmiy nuqtai nazardan yoritilgan. Shuningdek, irsiy omillar, metabolik sindrom va gormonal buzilishlarning yosh organizmga salbiy ta’siri muhokama qilinadi. Profilaktika choralarining ahamiyati va sog‘lom turmush tarzining yurak salomatligini saqlashdagi o‘rni asoslab beriladi.
