
Paxtachilik xo‘jaliklarida yig‘im-terim ishlarini boshlashdan oldin barcha dalalar g‘o‘zaning ochilishiga qarab qaysi dala mashinada yoki qo‘lda terilishi bo‘yicha grafik tuzib chiqiladi. Dalani mashinada yoki qo‘lda terishga tayyorlashda g‘o‘zani defoliasiya va desikasiya qilish muhim ahamiyatga ega. Bunday usulda g‘o‘za barglarini terim oldidan sun’iy to‘ktirish terim mashinalari ish unumini oshirish bilan birga terilgan paxtaning ifloslik darajasini ham birmuncha kamaytirisha olib keladi. O‘z muddatida va yuqori sifatli o‘tkazilgan defoliasiya ko‘saklarning yetilishi va ochilishini tezlashtirib, birinchi terim paxtasini sovuq tushguncha yig‘ishtirib olishga imkoniyat yaratadi. Maqolada paxtani yig‘ib terib olishga tayyorlash va sifatli terim jarayonini tashkil etish bo‘yicha malumotlar berilgan.
