
Annotatsiya: Maqolada ekologik monitoring tizimlarida qo‘llaniladigan o‘lchash vositalarining metrologik ta’minotini takomillashtirish, monitoring natijalarining ishonchliligi va aniqligini oshirish hamda raqamli monitoring texnologiyalarini joriy etish masalalari tahlil qilingan. Atrof-muhit komponentlarini nazorat qilishda zamonaviy sensor texnologiyalari, avtomatlashtirilgan kuzatuv stansiyalari, geografik axborot tizimlari va sun’iy intellekt elementlaridan foydalanish imkoniyatlari yoritilgan. Shuningdek, ekologik xavfsizlikni ta’minlashda metrologik nazoratning o‘rni va ahamiyati ilmiy jihatdan asoslab berilgan.
