
Mazkur maqolada qator orasiga ishlov beruvchi kultivatorlarning ishchi organlari va ularning qishloq xo‘jaligi ekinlari rivojlanishiga ko‘rsatadigan ta’siri tahlil qilingan. Tuproqni yumshatish, begona o‘tlarni yo‘qotish, namlikni saqlash hamda havo almashinuvini yaxshilash jarayonlarida kultivator ishchi organlarining o‘rni yoritilgan. Shuningdek, turli konstruksiyadagi ishchi organlarning agrotexnik samaradorligi va o‘simliklarning o‘sish hamda hosildorlik ko‘rsatkichlariga ta’siri ilmiy jihatdan baholangan.
