
Ushbu maqolada oʻrganilayotgan tilning yangi davr grammatikasiga xos til xususiyatlari chuqur tahlil qilinadi. Asosiy e'tibor yangi davrda shakllangan grammatik normalar, ularning tarixiy rivojlanish bosqichlari va zamonaviy til tizimidagi oʻzgarishlarga qaratiladi. Maqolada nazariy hamda empirik tadqiqotlar asosida yangi grammatik elementlarning shakllanishi, ularning funksional va kommunikativ ahamiyati, shuningdek, mintaqaviy va milliy olimlar tomonidan olib borilgan izlanishlar keng yoritiladi. Tanqidiy nuqtai nazardan grammatik oʻzgarishlarning lingvistik va ijtimoiy asoslari ham muhokama qilinadi.
