
Ushbu maqolada oʻrta maktab fizika kursida aylanma harakat mavzusini oʻrganishda oʻquvchilar duch keladigan kognitiv qiyinchiliklar, xususan, burchak va chiziqli tezlik tushunchalarini farqlashdagi muammolar tahlil qilinadi. Oʻquvchilarning mavhum fizik tafakkurini rivojlantirish maqsadida analogiyalar, raqamli dinamik vizualizatsiya (PhET, GeoGebra), "konseptual ziddiyat" usuli va hayotiy modellashtirish kabi innovatsion metodik yondashuvlar taklif etilgan.
