
Mazkur maqolada hurriyat uchun kurash jarayonida milliy davlatlilik g‘oyasining shakllanishida harbiy tashkilotlarning o‘rni ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Tarixiy jarayonlar misolida harbiy tuzilmalarning mustaqillik g‘oyalarini himoya qilish, milliy birlikni ta’minlash hamda davlat barqarorligini mustahkamlashdagi roli yoritib beriladi. Shuningdek, harbiy tashkilotlarning siyosiy va ijtimoiy jarayonlarga ta’siri ham ko‘rib chiqiladi.
