
Mazkur maqolada pedagogik texnologiya fanidan ijodiy topshiriqlarni tuzish tamoyillari, ularning ta'lim jarayonidagi o'rni va ahamiyati yoritilgan. Ijodiy topshiriqlarni ishlab chiqishda ilmiylik, tizimlilik, kasbiy yo'naltirilganlik, kreativlik, innovatsionlik va integrativlik tamoyillariga amal qilish zarurligi asoslangan. Shuningdek, bo'lajak pedagoglarning kasbiy kompetentligini rivojlantirishda ijodiy topshiriqlarning pedagogik imkoniyatlari hamda ularni samarali tashkil etish metodikasi tahlil qilingan.
