
Mazkur tadqiqotda bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarida kreativ faoliyatni takomillashtirishning nazariy va amaliy asoslari yoritilgan. Kreativlikning pedagogik faoliyatdagi o'rni, uni rivojlantirishga xizmat qiluvchi innovatsion pedagogik texnologiyalar hamda zamonaviy ta'lim metodlarining ahamiyati tahlil qilingan. Shuningdek, bo'lajak o'qituvchilarning mustaqil fikrlashi, muammolarga ijodiy yondashuvi, yangi g'oyalar yaratish qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan texnologiyalar va ularning samaradorligi ochib berilgan. Tadqiqot natijalari kreativ kompetensiyalarni shakllantirish orqali ta'lim sifatini oshirish imkoniyatlarini ko'rsatadi.
