
Mazkur maqolada yoshlar orasida mutolaa madaniyatining pasayib borish sabablari, uning shaxs kamoloti va jamiyat taraqqiyotiga ta’siri pedagogik nuqtayi nazardan tahlil qilinadi. Shuningdek, axborot texnologiyalari rivojlanishi, ijtimoiy tarmoqlarning ommalashuvi hamda kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishning susayishi bilan bog‘liq omillar o‘rganiladi. Mutolaa madaniyatini rivojlantirishning pedagogik, ma’naviy va tashkiliy yechimlari yuzasidan takliflar ilgari suriladi.
