
Ushbu maqolada kinofilmlardan ta'lim jarayonida foydalanishning dars samaradorligiga ta'siri tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida tajriba-sinov ishlari o'tkazilib, kinofilmlar asosida tashkil etilgan darslarning o'quvchilarning bilim olish faolligi, mavzuni tushunish darajasi va mustaqil fikrlash ko'nikmalariga ijobiy ta'siri aniqlangan. Shuningdek, kinofilmlardan foydalanishning pedagogik imkoniyatlari, ularni dars jarayoniga integratsiya qilish usullari hamda o'qituvchilar uchun metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalari kinofilmlarning ta'lim sifatini oshirishda samarali vosita ekanligini ko'rsatadi.
