
Mazkur maqolada ta'lim tizimining tarixiy rivojlanishi va raqamli transformatsiyasi, shuningdek, sun'iy intellekt texnologiyalarining ta'lim jarayonlariga kirib kelishi va uning oqibatlari tahlil qilinadi. Dastlab kitoblar va keyinchalik internetning paydo bo'lishi bilim olish, uni saqlash va tarqatish jarayonlarini tubdan o'zgartirgani ko'rsatiladi. Shuningdek, tarixiy manbalar asosida bilimlarning cheklanganligi va bosmaxona inqilobi natijasida ularning ommalashuvi jarayoni yoritiladi.
