
Ushbu maqolada o’tmishdan qolgan qadimiy yodgorliklarga bo’lgan qiziqish xalqimiz tomonidan shunchaki bir xavas emas, balki ota makonga, ona-vatanga bo’lgan mehr bilan o’lchanadi va izohlanadi. Milliy o’zligimizni anglash, Vatanimizning qadimiy va boy tarixini o’rganish, bu borada ilmiy tadqiqot ishlarini kuchaytirishimiz, tarixiy obidalar jamiyat ma’naviy hayotini yanada boyitib, Vatanga, xalqqa, ajdodlarga nisbatan hurmat va ehtirom hissini uyg’otishi xaqida ma’lumot beriladi.
