
Mazkur maqolada raqamli jamiyat sharoitida jamoatchilik nazoratining mazmun-mohiyati, uning shakllanish omillari va rivojlanish tendensiyalari ijtimoiy-falsafiy nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Raqamli texnologiyalar, internet va ijtimoiy tarmoqlarning keng tarqalishi natijasida fuqarolarning davlat va jamiyat hayotidagi ishtiroki yangi bosqichga ko‘tarilgani yoritiladi.
