
Maqolada tarix falsafasining markaziy masalalaridan biri – tarixiy taraqqiyot konsepsiyalari va ularning zamonaviy talqinlari qiyosiy-tahliliy nuqtai nazardan o‘rganiladi. Klassik chiziqli-progressiv yondashuvlar, tarixning siklik va sivilizatsion talqinlari, shuningdek XX–XXI asrlardagi zamonaviy konsepsiyalar tahlil qilinadi. Mazkur konsepsiyalarning metodologik asoslari, o‘zaro farqlari hamda tarix fani va ta’limi uchun ahamiyati ochib beriladi.
