
Mazkur maqolada imkoniyati cheklangan insonlarni ijtimoiy integratsiyalashda adaptiv jismoniy tarbiya va sportning o‘rni hamda ahamiyati yoritilgan. Adaptiv jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlarining jismoniy rivojlanish, sog‘liqni mustahkamlash, psixologik holatni yaxshilash va ijtimoiy moslashuv jarayonidagi roli tahlil qilingan. Shuningdek, imkoniyati cheklangan shaxslarning jamiyat hayotida faol ishtirok etishini ta’minlashda adaptiv sportning pedagogik va ijtimoiy ahamiyati asoslab berilgan.
