
Mazkur maqolada konsept termini, til va madaniyatda uning ahamiyati batafsil yoritilib, “andisha” konseptining xalq maqollaridagi semantik maydoni, strukturaviy-ma’noviy xususiyatlari va milliy-madaniy tabiati tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida paremiologik birliklar tarkibidagi “andisha” leksemasi ijobiy hamda salbiy baho semalarining oppozitsiyasi tadqiq qilingan.
