
Mazkur ilmiy maqolada aksiyadorlik jamiyatlarida kuzatuv kengashi faoliyati samaradorligini oshirishningzamonaviy mexanizmlari tadqiq etilgan. Tadqiqotda mustaqil direktorlar instituti, KPI asosida baholash tizimi, raqamlikorporativ boshqaruv platformalari va ESG tamoyillarining kuzatuv kengashi faoliyatiga ta’siri tahlil qilingan. Shuningdek,O‘zbekiston aksiyadorlik jamiyatlarida kuzatuv kengashi faoliyatidagi mavjud muammolar o‘rganilib, korporativ nazoratsamaradorligini oshirish bo‘yicha amaliy takliflar ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalari korporativ boshqaruv sifatini yaxshilash,investorlar ishonchini mustahkamlash va kompaniyalar raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qiladi.
