
Annotatsiya: Mazkur maqolada ingliz tili ta’limida o‘yin texnologiyalarining o‘quvchilar motivatsiyasini shakllantirishdagi ahamiyati zamonaviy pedagogik yondashuvlar asosida tahlil qilinadi. Raqamli texnologiyalarning ta’lim jarayoniga keng kirib kelishi o‘quvchilarning o‘quv faoliyatini tashkil etishda yangi imkoniyatlarni yaratmoqda. Ayniqsa, o‘yin texnologiyalaridan foydalanish o‘quvchilarning darsga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning faol ishtirokini ta’minlash va chet tilini o‘rganishga nisbatan ijobiy munosabatni shakllantirishda muhim omil hisoblanadi. Tadqiqotda zamonaviy o‘yin texnologiyalari, jumladan, mikroo‘yinlar, ta’limiy kvestlar, raqamli platformalar, badge tizimlari hamda QR-kod va kengaytirilgan reallik (AR) elementlari asosidagi faoliyatlarning pedagogik imkoniyatlari yoritilgan. Shuningdek, ingliz tili darslarida motivatsiyani shakllantirishning “O‘yin–Faollik–Motivatsiya” modeli taklif etilgan.
