
Ushbu maqolada zamonaviy ta'lim tizimida STEM (Science, Technology, Engineering, Mathematics) yondashuvining ahamiyati, xususan, fizika va astronomiya fanlarini oʻqitishdagi oʻrni yoritilgan. Oʻquvchilarning fanlararo bogʻliqlikni tushunishi, muammolarni hal qilish koʻnikmalari va ijodiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish boʻyicha amaliy metodik tavsiyalar va dars jarayoniga integratsiya qilish yoʻllari keltirilgan.
