
Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasining huquqiy-me’yoriy bazasining shakllanishi hamda institutsional tizimining rivojlanish jarayoni tahlil qilinadi. Tadqiqotda mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab turizmni rivojlantirishga qaratilgan asosiy qonunlar, Prezident farmonlari va Vazirlar Mahkamasining qarorlari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, “Turizm to‘g‘risida”gi qonun, madaniy meros obyektlarini muhofaza qilishga doir hujjatlar, turizm infratuzilmasini rivojlantirish va soha uchun malakali kadrlar tayyorlashga qaratilgan normativ-huquqiy asoslar tahlil etiladi. Maqolada turizmni davlat siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biri sifatida shakllantirish, turizm infratuzilmasini rivojlantirish hamda xalqaro turizm bozoriga integratsiyalashuv jarayonlari yoritib beriladi.
