
Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf matematika ta’limida o‘quvchilarning mantiqiy tafakkurini rivojlantirishning pedagogic va psixologik asoslari tahlil qilingan. Tadqiqotda zamonaviy interfaol metodlarning dars samaradorligini oshirishdagi o‘rni, buyk mutafakkirlarning matematik ta’limga oid qarashlari hamda O‘zbekiston Respublikasida ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar yoritilgan. Shuningdek, o‘quvchilarning kognitiv faolligini oshirishga qaratilgan nazariy tavsiyalar berilgan.
