
Mazkur maqolada ta’lim jarayonida sotsiometrik yondashuv asosida o‘quvchilarning intellektual salohiyatini rivojlantirish mexanizmlari ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan tahlil etiladi. Unda sotsiometrik diagnostika, ijtimoiy hamkorlikni tashkil etish, kommunikativ-intellektual faollikni rivojlantirish, motivatsion qo‘llab-quvvatlash hamda refleksiv-analitik yondashuvlarning o‘quvchilar intellektual rivojiga ta’siri asoslab berilgan. Shuningdek, maqolada sotsiometrik yondashuvning pedagogik imkoniyatlari ochib berilib, u orqali ta’lim samaradorligini oshirish, o‘quvchilarda tanqidiy va mustaqil fikrlashni rivojlantirish yo‘llari ko‘rsatib o‘tilgan. Tadqiqot natijalari sotsiometrik yondashuvni ta’lim amaliyotiga joriy etish o‘quvchilarning ijtimoiy faolligi va intellektual rivojlanishini ta’minlashda muhim omil ekanligini ko‘rsatadi.
