
Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasi moliya tizimining zamonaviy holati, uningiqtisodiy taraqqiyotdagi o‘rni hamda moliyaviy barqarorlikni ta’minlash mexanizmlari kompleks ravishda tadqiqetilgan. Mamlakatda so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan iqtisodiy modernizatsiya jarayonlari, bank-moliyasektorini liberallashtirish, kapital bozorini rivojlantirish, xalqaro moliyaviy institutlar bilan hamkorlikni kengaytirishhamda raqamli texnologiyalarni moliyaviy xizmatlar sohasiga joriy etishning moliya tizimi faoliyatiga ta’siri tahlilqilingan. Tadqiqot davomida moliyaviy barqarorlikni baholovchi asosiy ko‘rsatkichlar, jumladan banklarningkapital yetarliligi darajasi, likvidlik ko‘rsatkichlari, kredit portfeli sifati, muammoli kreditlar ulushi, inflyatsiyasur’atlari, davlat budjeti muvozanati, davlat qarzi dinamikasi va investitsion faollik darajasi o‘rganilgan
